SportUz.Tv

“Al Nassr” legionerlar limiti bilan bog'liq muammoni hal qildi. Masharipov jamoada qoldimi?

06.01.2023 15:00    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Al Nassr” kamerunlik hujumchi Vensan Abubakarni qaydnomadan chiqardi va uning o'rniga Krishtianu Ronalduni ro'yxatdan o'tkazdi. SHu tariqa, riyodliklar Saudiya Arabistoni chempionatidagi 8 xorijlik legioner uchun limit talabini bajardi.

Jamoadagi legionerlar:

Darvozabon – David Ospina (Kolumbiya);

Himoyachilar – Alvaro Gonsales (Ispaniya), Gislen Konan (Kot-d'Ivuar);

Yarim himoyachilar – Gonsalo Martines (Argentina), Luis Gustavo va Anderson Taliska (ikkisi Braziliya);

Vinger – Jaloliddin Masharipov (O'zbekiston);

Hujumchi – Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Abubakar 2021 yil yozidan beri “Al Nassr” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U joriy mavsum chempionatda 11 o'yinda 4+1 natija qayd etgan. Rudi Garsiya shogirdlarini bugun milliy birinchilik 12-turi doirasida uyda “Al Tai”ga qarshi bahs kutmoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: