
Unga Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida rossiyalik Andrey Pulyaev raqiblik qiladi. Hamyurtimizning malum qilishicha, u mazkur bahsni jarohatsiz yakunlay olsa, yil oxiriga qadar yana ikkita jang o'tkazish niyatida.
"Xudo xohlasa, Pulyaevga qarshi jangdan jarohatsiz chiqadigan bo'lsam, yil oxirigacha yana ikkita jang o'tkazmoqchiman. UFC'dagi beshta jangimni Amerikada o'tkazganman. Birinchi marta o'zimiz tomonda urishyapman, Bokuda! Umuman olganda, UFC qaerda jang belgilasa, istalgan joyga bora olaman", dedi Ro'ziboev.