SportUz.Tv

"Real" Devisga davogar

10.01.2023 16:46    


Rasmni yuklab olish

"Bavariya" va Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasida.

"Real" qiziqish doirasiga "Bavariya" va Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis kiradi, deb yozdi "El Nacional".

Madridliklar 22 yoshli futbolchini kelasi yozda sotib olishni rejalashtirmoqda. Biroq Devisning transferi dargumon, chunki "Real" "Bavariya"ning transfer narxiga bo'lgan talabini qondirishga tayyor emas. Myunxenda Devisni 80-90 million evroga baholashmoqda.

Alfonso "Bavariya"ga 2019 yilda "Vankuver"dan kelib qo'shilgan. Kanadalik futbolchi Myunxen klubi uchun 134 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 21 ta golga assistentlik qildi.

Uning nemis jamoasi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: