SportUz.Tv

Miktibek Oralbay Islam Maxachev bilan bir oqshomda jang qiladi

24.06.2026 10:21    


Rasmni yuklab olish

Qirg'izistonlik istedodli aralash yakkakurash ustasi Miktibek Oralbay navbatdagi jangini UFC 330 turniri doirasida o'tkazadi.

Malum bo'lishicha, yarim o'rta vazn toifasida faoliyat yuritayotgan Oralbay 15 avgust kuni AQSHning Filadelfiya shahrida tashkil etiladigan turnirda mahalliy atlet Jeremayya Uellsga qarshi oktagonga chiqadi. 

Jang haqida sportchi o'zining ijtimoiy tarmoqlari orqali malum qildi. Miktibek Oralbay oxirgi jangida Kris Kyortisni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.

UFC 330 turnirining markaziy jangida yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachev o'z kamarini irlandiyalik Ian Machado Garryga qarshi himoya qiladi. Turnir 15 avgust kuni Filadelfiyadagi Xfinity Mobile Arena majmuasida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: