
27 yashar hamyurtimiz 11 avgust kuni Yaponiyaning Tokio shahridagi Toyota Arena Tokyo majmuasida tashkil etiladigan RIZIN 54 turnirida oktagonga ko'tariladi.
Unga o'sha kuni yaponiyalik tajribali Joji Goto raqiblik qiladi. Jang eng engil vazn toifasida tashkil etiladi.
Malumot uchun, Azizbek Temirov faoliyati davomida 8 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yoshli Joji Goto hisobida esa 20 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
