SportUz.Tv

Bobir Abdixoliqov – 2022 yil eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligida. U Son Xyon Mindan yuqorida!

21.01.2023 13:46    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) 2022 yilga doir malumotlarni ulashishda davom etmoqda.

Portal hisob-kitobiga ko'ra, o'tgan yilda eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligi elon qilindi. Unda peshqadam sifatida “Portu” hamda Eron TJ azosi Mehdi Taremi qayd etildi. Taremi hisobida 39 ta gol bor. SHuningdek, “Albireks Niigata” (Singapur)ning yaponiyalik legioneri Kodai Tanaka ham 2022 yilda 39 ta to'p kiritgan.

Jadvalni tuzishda o'yinchilarning 2022 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo'lgan natijasi hisobga olindi: milliy chempionat (NL), kubok (NC), klub miqyosidagi xalqaro musobaqalar (ICC) va milliy terma jamoadagi (NT) gollar.

“Energetik-BGU”da yorqin mavsum o'tkazgan Bobir Abdixoliqov 27 ta gol bilan reytingda 6-o'rindan joy olgan. Avvalroq, Bobir “Transfermarkt” malumotiga ko'ra, 2022 yil yuqori milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan futbolchilar o'nligiga hamda IFFHS talqini bo'yicha o'tgan yilgi to'purarlar top-50 ro'yxatidan o'rin olgandi.

2022 yilda eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligi esa quyidagicha:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: