SportUz.Tv

"CHelsi" va "Nyukasl" Rafinyaga davogar

14.03.2023 18:23    


Rasmni yuklab olish

Braziliyalik futbolchi "Barselona"da ajoyib o'yin ko'rsatmoqda.

"CHelsi" va "Nyukasl" klublari "Barselona" vingeri Rafinyani sotib olmoqchi, deb xabar berdi Sport.es. 

Braziliyalik futbolchi Kataloniya klubiga o'tgan ilk davrida tanqid ostida edi. Ammo Rafinya asta-sekin moslashib ketib, samarali o'ynay boshladi. U jarohatdagi Usmon Dembelening yo'ligini sezdirmayapti.

"Ko'k-anorranglilar"ning moliyaviy qiyinchiliklarini inobatga olsak, Rafinyani sotish mumkin. Alohida aytish joiz, "Barselona" u uchun "Lids"ga 58 million evro to'lagan. "CHelsi" va "Nyukasl" ko'rsatilganidan ancha yuqori bo'lgan miqdorni inobatga olishi lozim.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: