
"Marca" xabariga ko'ra, klubdagilar futbolchining o'yinlaridan mamnun bo'lishmoqda. Ammo Leo Messi bilan shartnoma imzolashga harakatlar boshlanib yuborilgani fonida Ramosning maoshi tushishi kutilmoqda. CHunki futbolchining maoshi oshishi moliyaviy feyr-pley qoidalariga zid bo'lishi mumkin.
Yaqin vaqtlar ichida tomonlar hamkorlikni davom ettirish borasida muzokaralarni boshlaydi. Himoyachining o'zi ham jamoada qolishga tayyor. Ushbu mavsumda Ramos La Liganing 24 ta o'yinida qatnashib, 1 ta golli pas berdi.
