
Zidanning so'nggi ish joyi "Real" bo'lib, u bilan uch marta CHempionlar Ligasi va ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan.
Malumotlarga ko'ra, nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan boshqa murabbiylar – Maurisio Pochettino, Yulian Nagelsmann va Luis Enrike.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem"ni mavsum oxirigacha Antonio Kontening yordamchisi Kristian Stellini boshqarib turadi.
"SHporlar" ayni damda 49 ochko bilan APL turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.