SportUz.Tv

"Blekpul" CHempionshipdan tushib ketdi

29.04.2023 18:23    


Rasmni yuklab olish

CHempionshipning 45-turida "Blekpul" "Milluoll"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mehmonlar tarkibida Tom Bredshou dubl qayd etdi, Zian Flemming ham penaltini golga aylantirdi. Mezbonlarning gollariga Lyuis Fiorini va penaltidan gol urgan Yeyts Jerri mualliflik qilishdi.

"Blekpul" Angliyaning ikkinchi divizionidagi o'rnini saqlab qolish imkoniyatini yo'qotdi. Jamoa hisobida 41 ochko mavjud va u so'nggi o'rinlardan biri, 21-pog'onada joylashgan "Xaddersfild"da esa 44 ochko bor. "Milluoll" 5-pog'onada va pley-off orqali APLga chiqishga davogarlik qilmoqda.

"Blekpul" qaytganidan ikki mavsum o'tib CHempionshipdan tushib ketdi. 2010/11 yilgi mavsumda jamoa APLda o'ynagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: