SportUz.Tv

U-20 Jahon chempionati. Sardorimiz 1/8 finalda maydonga tushmaydi

27.05.2023 09:46    


Rasmni yuklab olish

Kecha O'zbekiston U-20 terma jamoasi Gvatemalani 2:0 hisobida mag'lub etdi va guruhda ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.

1/8 finalda O'zbekiston terma jamoasi C guruhida ikkinchi o'rinni egallaydigan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Toshkent vaqti bilan 30 maydan 31 mayga o'tar kechasi tungi soat 02:00da boshlanadigan mazkur bahsda O'zbekiston terma jamoasi sardori Umarali Rahmonaliev diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi.

Sababi, Rahmonaliev 2-turda Yangi Zelandiya bilan bahsning 10-daqiqasida va 3-turda Gvatemala bilan bahsning 39-daqiqasida sariq kartochka oldi. Ikkita sariq kartochka olgan futbolchi keyingi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: