SportUz.Tv

Ian Garri: "Irlandiya va Dog'iston o'rtasidagi hisobni 1:1 ko'rinishiga keltiraman"

23.06.2026 12:15    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan irlandiyalik Ian Garri Islam Maxachevga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.

Ularning jangi 16 avgust kuni Filadelfiya (AQSH)da bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.

"Men oktagonga chiqa olishimdan, dunyodagi eng katta sahnada o'z mamlakatim uchun muhim g'alaba qozonishimdan faxrlanaman. Bu Irlandiya va Dog'istonning UFC chempionlik unvoni uchun oktagonda ikkinchi marta to'qnash kelishi bo'ladi. Men qarama-qarshilikdagi hisob 1:1 bo'lishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", - deya Garrining so'zlarini keltiradi Ariel Xelvani o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: