SportUz.Tv

PSJ bosh murabbiyi ham jamoadan ketadi

03.06.2023 14:46    


Rasmni yuklab olish

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte mavsum oxirida o'z lavozimini tark etadi, deb xabar berdi "L'Equipe".

U o'tgan yozdan beri jamoani boshqarib kelayotgandi. 56 yoshli mutaxassisning shartnomasi tugashiga yana bir yil qoldi. Yangi murabbiy qatarliklar boshqaruvidagi PSJning sakkizinchi murabbiyi bo'ladi.

Galte boshchiligida jamoa Franciya chempionligini qo'lga kiritdi. CHempionlar Ligasi va Franciya Kubogi pley-offida chiqib ketdi. Bugun PSJ Franciya chempionatining so'nggi turida "Klermon"ga qarshi maydonga tushadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: