SportUz.Tv

Klublar o'rtasidagi JCH o'tkaziladigan shahar nomi malum qilindi

28.06.2023 10:23    


Rasmni yuklab olish

FIFA 2023 yilda bo'lagina klublar o'rtasidagi jahon chempionati Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lishini malum qildi.

Avvaliga o'yinlar Ar-Riyod shahrida bo'lishi taxmin qilingandi. Biroq o'sha vaqtda "Al Hilol" OCHL finaliga chiqqandi, "Al Nasr" esa mamlakat chempionligi uchun kurash olib borayotgandi. Biroq yakunda Riyodning ikki klubi missiyani bajara olishmadi. Bu paytda esa Jidda shahri mezbonlikni ilib ketdi va turnir tashkilotchisi "Al Ittihod" klubi bo'ladi.

Aslida FIFA oldida "Al Ittihod"ni tashkilotchi qilib, o'yinlarni Ar-Riyodda qoldirish varianti ham bor edi. Biroq FIFAdagilar jiddalik muxlislarning Ar-Riyodga borish yo'lini o'yladi. Yakunda FIFA va tashkiliy qo'mita mezbonlikni Jiddaga topshirdi.

Qayd etish kerak, Jiddadagi "Qirol Abdulla" stadioni Ar-Riyoddagi "Qirol Fahd" stadionidan ko'ra zamonaviyroq.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: