SportUz.Tv

Joan Laporta: "Messi "Barsa"ga qaytishni istagandi"

30.06.2023 09:46    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Messi klubga qaytmaganidan afsusda.

"Messi "Barsa"ga qaytishni istagandi. U Parijda og'ir davrni boshdan o'tkazdi. 

Uning otasi Leo boshqa bunday bosimni istamasligini aytdi. Biz uning qarorini hurmat qilamiz. Mayamida barcha ishlari yurishib ketsin. "Barsa" doimo uning uyi bo'lib qoladi. 

Men u bilan hurmat yuzasidan tadbir tashkil etish bo'yicha gaplashdim. "Kamp Nou" ochilishi - ajoyib kun bo'lardi. 

Klub prezidenti qabul qilishi kerak bo'lgan bir qator qarorlar bor. "Barselona" barchasidan muhim. Men "Barselona"ni birinchi o'ringa qo'ydim, ammo yakunda barchasi bunday bo'lganidan afsusdaman", - dedi Laporta. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: