SportUz.Tv

Fayzullaev, Erkinov va Husanov AQSHga bormaydi

24.07.2023 13:23    


Rasmni yuklab olish

Sentyabr oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi AQSHda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Abbosbek Fayzullaev, Hojimat Erkinov va Abduqodir Husanov AQSHga bormaydi. Uchala futbolchi ham o'sha vaqtda O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida U-23 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etishadi. 

Malumot uchun, O'zbekiston U-23 terma jamoasi saralash bahslari Toshkentda o'tkazadi. Raqiblarimiz Afg'oniston, Gonkong va Eron. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 9 sentyabr kuni AQSH, 12 sentyabr kuni Meksika bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: