
Muxlislar milliy terma jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Arsenal" vingerini tanlashdi.
22 yoshli Bukayo Jud Bellingem (o'tgan mavsumda "Borussiya D"da o'ynagan, hozir "Real" azosi) va Harri Keynni (o'tgan mavsumda "Tottenxem"da o'ynagan, hozir "Bavariya" azosi) ortda qoldirdi.
Yil davomida Saka Angliya terma jamoasi safida 10 ta o'yinda 7 ta gol urdi. 2022 yilgi jahon chempionatida u inglizlarning 5 ta o'yinidan 4 tasida maydonga tushdi, Eron (6:2) bilan bahsda uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
