SportUz.Tv

"Neftchi" klubiga yangi prezident tayinlandi

28.09.2023 18:23    


Rasmni yuklab olish

Kecha "Istiqlol" stadionida Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Bozorov boshchiligida "Neftchi" jamoasining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

"Yig'ilishda viloyat hokimi futbolni yanada rivojlantirish, "Neftchi" klubi qo'lga kiritayotgan yutuqlarni ko'paytirish va jamoaning Superliga musobaqalarida peshqadamlikni mustahkamlab olishini taminlash, buning uchun klub rahbariyati, futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar masuliyatini kuchaytirish masalalariga batafsil to'xtalib o'tdi. 

SHuningdek, viloyat hokimi klub prezidentligiga Xabib Sirojitdinov tayinlanganligini elon qildi. Ayni paytda Xabib Sirojitdinov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda", – deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, bungacha Farg'ona shahri hokimi Vosiljon Nazarov klub prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: