SportUz.Tv

UEFA Evro-2028 va Evro-2032 turnirlarining qo'shmezbonlarini malum qildi

11.10.2023 09:46    


Rasmni yuklab olish

UEFA matbuot xizmati 2028 va 2032 yilgi Evropa chempionatlari final bosqichlari qaysi davlatlarda bo'lishini malum qildi.

Unga ko'ra, 2028 yilgi Evropa chempionati Angliya, Uels, SHotlandiya, Irlandiya va SHimoliy Irlandiya davlatlarida bo'lib o'tadi. Ushbu davlatlar turnirni o'tkazish uchun birgalikda ariza topshirishgandi.

2032 yilgi Evropa chempionati uchun esa Italiya va Turkiya jiddiy kurash olib borishgandi. Yakunda ular arizalarini birlashtirishdi. SHu orqali ushbu davlatlar turnirni birgalikda o'tkazish huquqini qo'lga kiritishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: