SportUz.Tv

"Real" bosh murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar

14.10.2023 13:46    


Rasmni yuklab olish

Ularning barchasi "qaymoqranglilar" safida o'ynagan.

Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy davogar sifatida ko'rilmoqda, deb xabar berdi AS. Karlo Anchelotti shartnomasini yakunlagach, yani yozda bu lavozim bo'sh qoladi. Italiyalik mutaxassisga yangi shartnoma taklif qilinmaydi. Ular Xabi Alonsoda katta istiqbol ko'rishmoqda, ayniqsa, o'tgan kuzdan beri u "Bayer" Leverkuzenda ajoyib natijalarni ko'rsatmoqda. 

"Real" zaxira variantlarini ham ko'rib chiqmoqda. Gap hozirda Madrid klubi tizimida murabbiylik qilayotgan Alvaro Arbeloa va Raul haqida ketmoqda. "Real" ayni paytda tashqaridan odam qidirmayapti. Alonso, Arbeloa va Raul bu profilga mos keladi, chunki ularning barchasi "Real" sobiq futbolchilaridir.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: