SportUz.Tv

Ibragimovich "Milan"ga qaytishga yaqin

02.11.2023 17:23    


Rasmni yuklab olish

Zlatan Ibragimovich "Milan"da katta lavozimni egallamoqchi.

Ibragimovich so'nggi bir necha hafta davomida "Milan" rahbariyati bilan doimiy aloqada bo'ldi. "Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, uning klubga qaytishi yaqin orada yakunlanishi mumkin.

42 yoshli shveciyalik "rossoneri" lagerida qandaydir mavqega ega bo'lmoqchi. Zlatan shunchaki ramz bo'lishni istamaydi va klubga foyda keltirmoqchi. "Milan" xo'jayini Jerri Kardinale bilan suhbatdan so'ng uning lavozimi aniq bo'lishi kutilmoqda. U 7 noyabr kuni "rossoneri"ning PSJga qarshi o'yinida Italiyaga keladi.

Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli Zlatanning "Milan"ga qaytishidan xursand bo'lar edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: