SportUz.Tv

Lionel Messi faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi

07.11.2023 10:46    


Rasmni yuklab olish

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi. yangilikni yashirish

"Men oldinroq ham  aytganman, men kelajak haqida o'ylashni istamayman. Men bugunim bilan yashashni xohlayman. Jismoniy jihatdan hozir juda yaxshi holatdaman. Yana qancha o'ynashimga aniq javob bera olmayman. Men o'zim istagan o'yini ko'rsata olmaganimdan so'ng faoliyatimni yakunlayman", - deya Messining so'zlarini keltirmoqda Marsa.

Messining "Inter Mayami" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi Amerika klubi safida 14 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi "Inter Mayami" bilan Liga kubogini qo'lga kiritdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: