
Ochilish marosimida Farg'ona viloyati hokimining o'rinbosari SHerzod Polvonov, Farg'ona viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Hakimov, Farg'ona tumani hokimi Nodir Mashrapov, sektor rahbarlari, sport faxriylari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi
Mazkur majmuada yosh bokschilar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo'lib, ularning sport mahoratini oshirish, iqtidorini namoyon etish va professional sport sari dadil qadam tashlashi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.









