SportUz.Tv

Franciya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston qanday o'yin namoyish etishini bilmayman"

24.11.2023 07:46    


Rasmni yuklab olish

Franciya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jan Lyuk Vannuki jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

"O'zbekiston qanday o'yin namoyish etishini bilmayman. Ular biz uchun yangicha jamoa sanaladi. O'zbekiston Angliyani mag'lub etgan bo'lsa, bu ularning kuchli jamoa ekanligidan dalolat beradi. Bo'lajak raqibimiz ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilyapmiz. 

Senegalga qarshi o'yinda nazoratni qo'lga olganimizga qaramay, to'pni ko'p marotaba yo'qotdik. Keyingi uchrashuvda bunday holatga yo'l qo'ymasligimiz shart. 

Uchrashuvda har qanday vaziyat bo'lishi mumkin. SHu bois, mashg'ulotlarda har qanday scenariyga tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Vannuki.

Eslatib o'tamiz, U-17 jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan Franciya — O'zbekiston uchrashuvi 25 noyabr kuni o'tkaziladi. Avvalroq francuzlarning turnirdan chetlatilishi mumkinligi to'g'risida xabar berilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: