SportUz.Tv

"Milan" yarim himoyachisini qo'yib yuborishga tayyor

09.12.2023 13:46    


Rasmni yuklab olish

Italiyaning "Milan" klubi Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga qiziqayotgan yarim himoyachisi Rade Krunichni qo'yib yuborishga rozi.

Bu haqda Fabricio Romano malum qildi.

Xabar qilinishicha, "rossoneri" bosniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti va Turkiya klubidan rasmiy taklif kutmoqda. Krunich bilan shartnoma imzolash "Fenerbaxche" uchun ustuvor vazifa – klub unga yozdan beri qiziqmoqda.

30 yoshli Krunich joriy mavsum "Milan" safida 14 ta o'yinda qatnashdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: