SportUz.Tv

Globe Soccer Awards. 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun yakuniy beshlik e’lon qilindi

18.12.2025 14:36    


Rasmni yuklab olish

2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun Globe Soccer Awards mukofotiga da’vogar bo‘lgan finalchilar ma’lum qilindi. Bu haqda Globe Soccer Awards’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nominantlar:

- Usmon Dembele («Pari Sen-Jermen»),
- Kilian Mbappe («Real» Madrid),
- Rafinya («Barselona»),
- Vitinya («Pari Sen-Jermen»),
- Lamin Yamal («Barselona»).

Globe Soccer Awards — har yili o‘tkaziladigan taqdirlash marosimi bo‘lib, unda yil davomida futbol sohasida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslar aniqlanadi. Turli nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar ovoz berish yo‘li bilan belgilanadi. Taqdirlash marosimi 28 dekabr kuni Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: