SportUz.Tv

Mbappe XXI asrda top-5 ligalarda penaltidan urilgan gollar rekordiga yaqin

04.02.2026 09:00    


Rasmni yuklab olish

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe XXI asrda top-5 ligalarda 11 metrlik zarbalardan kiritilgan gollar bo‘yicha rekordga to‘rtta gol qoldi.

La Liganing 22-turida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinda futbolchi 90+10-daqiqada penaltini aniq ijro etdi — bu uning penaltidan urgan 12-goli bo‘ldi. Uchrashuv madridliklarning g‘alabasi bilan — 2:1 hisobida yakunlandi. Bu haqda Score 90 statistik portali X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, penaltidan urilgan gollar bo‘yicha rekord italiyalik hujumchi, «Bolonya» futbolchisi Chiro Immobilega tegishli. U 2019/2020 yilgi mavsumda 11 metrlik zarbalardan 15 ta gol urgan.

Qayd etilishicha, 2026 yilda Mbappe olti uchrashuvda penaltidan allaqachon uchta gol muallifi bo‘lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: