
Amerikalik shaxmatchi Hikaru Nakamura va jahon toji uchun da’vogar, o‘zbekistonlik Javohir Sindorovning ayni kunlarda Kiprdagi bir mehmonxonada yashayotgani muxlislar e’tiborini tortdi.
Ayrimlar Hikaru Javohirning tayyorgarlik jamoasiga qo‘shilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.
Nakamuraning o‘zi esa bunga hazil bilan javob berdi:
“Men uning jamoasida emasman. Faqat 2.Ke2 yurishi bo‘yicha biroz maslahat beryapman”.
Gap mashhur “Bongkloud debyuti” haqida ketmoqda. Bu yurishda shoh o‘yinning boshidayoq oldinga chiqadi, oqlarni rokirovka huquqidan mahrum qiladi, farzin va filning oldini to‘sib qo‘yadi. Shaxmatchilar bu debyutdan ko‘pincha hazil tariqasida foydalanishadi.
Jiddiy o‘yinda bunday harakatni amalga oshirish raqibni ochiqchasiga masxara qilishni anglatadi.
Hikaruning haziliga ko‘ra, u bu yurishni aslida Magnus Karlsenga qarshi jahon chempionati uchun tayyorlagan. Endi esa o‘sha tayyorgarligini Sindarov bilan bo‘lishmoqda.
Nakamura yana Magnus ham Gukeshga xuddi shu yurish bo‘yicha maslahat berayotgan bo‘lishi mumkinligini aytib, postini shunday yakunladi.
"Ko‘ramiz, Sindarovmi yoki Gukeshmi — 2.Ke2 yurishini kim yaxshiroq qo‘llar ekan!"
"Ortga yo'l yo'q edi". Magomed Ankalaev Pereyra qarshi jangdagi mag'lubiyat sababini aytdi