SportUz.Tv
iks
ads

SHojhahon Ergashevni Ozarbayjon va Qirg'izistondan jangga chorlashdi

21.10.2026 13:21    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik bokschi SHohjahon Ergashevga so'nggi jangidan keyin "vyzov"lar ko'paydi.

Hamyurtimiz 17 oktyabr kuni Toshkentda o'tkazilgan IBA Nomad 16 turnirida Qozog'iston vakili Dastan Bekenga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Ammo jang yakunida ko'ngilsiz holat yuzaga keldi. Musobaqaning qozog'istonlik boshlovchisi jangdan so'ng SHohjahondan avval aytgani kabi raqibini nokautga uchrata olmagani uchun o'z gonorarini Dastan Bekenga beradimi yoki yo'q qabilida savol berdi. SHohjahon esa bu masalani Liga bilan kelishib olgani, uning gonorari Dastannikidan bir necha barobar yuqori ekanini aytdi. SHundan keyin jangchilar o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.

Ozarbayjonlik jangchi Emil Novruzov ushbu vaziyat fonida SHohjahon Ergashev bilan jang qilish istagini bildirdi.

«Yaqinda Toshkentda IBA & Nomad turniri bo'lib o'tdi. U erda bir jangchi o'zini yuqoridagi odamman va menga hamma narsa mumkin, deb takidladi. Men aynan shunday insonlarni osmondan erga tushiradigan odamman. Agar yaqin kelajakda qiziqarli taklif bo'lsa, gaz», deb aytgan Novruzov.

Qirg'izistonlik Abdurahman Abdurahmanov ham SHohjahon Ergashevni jangga chorladi.

«SHohjahon, nega bunchalik kibrlisan? Dastan bilan jangda umuman hech narsa ko'rsatmading. Agar yuqoridan keldim deb o'ylayotgan bo'lsang, seni u erdan pastga tushirib qo'yishga tayyorman. Jangdan keyin og'zingni ochishni boshlamaguningcha seni hurmat qilardim. Jangda ko'rishguncha, agar albatta qochib ketmasang», deb yozgan Abdurahmanov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: