SportUz.Tv
iks
ads

Dana Uayt Saudiya Arabistonidagi turnirning bekor qilinishi haqidagi so'zlarga munosabat bildirdi

20.10.2026 15:45    


Rasmni yuklab olish

Dana Uayt UFC’ning Saudiya Arabistonidagi turniri avvaldan belgilanganidek o'tkazilishini tasdiqladi.

UFC prezidenti Dana Uayt 5 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan turnir bekor qilinmasligini malum qildi.

"Seshanba kuni Abu-Dabiga yo'l olaman. Keyingi 30 kun ichida Saudiya Arabistoni, Qatar va Abu-Dabida oltita tadbir o'tkazish rejalashtirilgan", — dedi Uayt.

Avvalroq Saudiya Arabistonidagi turnir bekor qilinishi, undagi janglar esa noyabr oyining oxirida bo'lib o'tadigan Qatar turniri dasturiga ko'chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Saudiya Arabistonidagi turnirning asosiy jangi SHara Bullet va Israel Adesanya o'rtasida o'tkazilishi lozim.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: