SportUz.Tv
iks
ads

«Real» mashg‘ulot haqida ma’lumot berdi

16.10.2026 16:48    


Rasmni yuklab olish

«Real» o‘zining rasmiy saytida jamoaning payshanba kuni ertalab o‘tkazgan mashg‘uloti haqida ma’lumot e’lon qildi.

«Roma»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar tiklanish mashqlarini bajarishdi. Qolgan futbolchilar esa mashg‘ulotni maydondagi badan qizdirish mashqlari bilan boshlashdi. Keyin jamoa to‘pni harakatlantirish va yugurish mashqlari ustida ishladi. Shundan so‘ng to‘p nazorati va pressing bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi, shuningdek, darvozaga zarba berish mashqlari bajarildi.

Mashg‘ulot yakunida kichraytirilgan maydonda ikki tomonlama o‘yinlar o‘tkazildi. Keyin futbolchilar yana bir bor darvozaga zarba berishni mashq qilishdi.

«Real» Raul Asensio va Rodrigo jarohatlaridan tiklanish jarayonini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

«Real» navbatdagi uchrashuvini 18 oktyabr kuni «Sevilya»ga qarshi o‘tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: