
Polymarket portali 2026 yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlarning yangilangan reytingini taqdim etdi.
Jahon futbolidagi eng nufuzli individual mukofot uchun jami 30 nafar futbolchi nomzod sifatida ko‘rsatilgan. “Oltin to‘p” sohibi bugun, 26 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladigan maxsus marosimda e’lon qilinadi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, mukofot uchun ovoz berish jarayoni allaqachon yakunlangan, biroq hech bir futbolchiga sovrinni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilmagan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda “Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn ushbu sovrin uchun asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda. Angliyalik futbolchining mukofotni qo‘lga kiritish ehtimoli 67 foizga baholanmoqda.
Sovrinni topshirish marosimi yaqinlashgani sari Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” yetakchisi Kilian Mbappening imkoniyatlari ham oshib bormoqda. U ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Kilianning g‘oliblik ehtimoli 23 foizni tashkil etmoqda.
Uchinchi o‘rinda “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal ko‘rsatilgan — 9 foiz.
Shuningdek, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi 4-pog‘onada qayd etilgan — 1 foiz.
Polymarket ma’lumotlariga ko‘ra “Oltin to‘p” uchun favoritlar:
1. Harri Keyn (“Bavariya”/Angliya) — 67 foiz
2. Kilian Mbappe (“Real Madrid”/Fransiya) — 23 foiz
3. Lamin Yamal (“Barselona”/Ispaniya) — 9 foiz
4. Lionel Messi (“Inter Mayami”/Argentina) — 1 foiz
Qolgan 25 nafar nomzodning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish ehtimoli Polymarket ma’lumotlariga ko‘ra 1 foizdan kam.