SportUz.Tv

Volkanovski Topuriya bilan revansh o'tkazishga tayyor

27.10.2026 14:33    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning yarim engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Aleksandr Volkanovski Iliya Topuriya bilan engil vaznda revansh jangini o'tkazishga tayyorligini bildirdi.

Avstraliyalik jangchining aytishicha, agar ushbu bahs engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun tashkil etilsa, unga qiziq bo'ladi.

Volkanovski Topuriyadan avvalgi mag'lubiyati uchun revansh olishni istashini, shu bilan birga ular o'rtasida shaxsiy adovat yo'qligini takidladi. U Topuriyani kuchli jangchi sifatida baholab, yana bir bor u bilan kuch sinashishni xohlashini aytdi.

Hozirda engil vazn toifasi chempionlik kamari Jastin Getjiga tegishli. Volkanovskining fikricha, agar Getji faoliyatini yakunlab, kamarni vakant qoldirsa, Topuriya bilan chempionlik jangi uchun imkoniyat paydo bo'lishi mumkin.

Volkanovski va Topuriya ilk bor 2024 yil fevralida UFC 298 turnirida uchrashgan. O'shanda Topuriya ikkinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozongan va Volkanovskidan yarim engil vazn chempionlik kamarini tortib olgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: