SportUz.Tv

Brendon Royval Ramazon Temirovning mag'lubiyatiga keskin munosabat bildirdi

26.10.2026 14:33    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning o'ta engil vazn toifasi vakili Brendon Royval hamyurtimiz Ramazon Temirovning Lone Kavanaga qarshi mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

Temirov 24 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tgan UFC 333 turnirida Kavanaghga birinchi raundda texnik nokaut bilan yutqazdi.

Royval jangdan keyin Kavananing chiqishini yuqori baholab, Temirov haqida keskin fikr bildirgan.

"Gap bo'lishi mumkin emas. O'sha kimyoviy modda urib olgan g'irromchi Temirovning kulini ko'kka sovurishdi. Lonedan ajoyib jang", — dedi Royval.

Royvalning Temirovga nisbatan ishlatgan “g'irromchi” iborasi uning shaxsiy bahosi hisoblanadi. Kavana uchun bu g'alaba avvalgi mag'lubiyatdan keyingi muvaffaqiyatli qaytish bo'ldi. U aynan Royvalga qarshi oldingi jangida uchinchi raundda taslim bo'lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: