
Opta statistik portali dunyoning eng kuçli futbol ligalari röyxatini yangiladi. Unga köra hamon Angliya Premyer Ligasi birinçi örinda.

Undan keyingi örinlarda La Liga, Bundesliga, A Seriya va Liga 1 qayd etilgan. Uşbu beşta musobaqa an’anaviy ravişda Yevropaning top-5 ligasi deb ataladi va UEFA koeffisiyentlari böyiça ham kuçli beşlikdan joy olgan.
Keyingi örinlarda Braziliya, Belgiya, Argentina va Portugaliya çempionatlari belgilangan. Kuçli önlikdan, şuningdek, Angliyaning ikkinçi divizioni — Chempionship örin olgan.

Özbekiston Superligasi uşbu reytingda 97-örinni egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida mazkur musobaqa 9-poğonada. Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, BAA, Eron, Avstraliya, Qatar va Iroq çempionatlari Superligadan yuqorida.

Opta Power Rankings — dunyoning eng kuçli futbol jamoalarini tahlil qilişda qöllaniladigan model bölib, undan jahon futbolidagi turli çempionatlarning kuçini baholaşda foydalaniş mumkin.
Buning uçun har bir musobaqada iştirok etayotgan jamoalarning örtaça reytingi va eng kuçli klublarining natijalari tahlil qilinadi. Şu orqali çempionatning raqobatbardoşlik darajasi va umumiy saviyasi baholanadi.
Uşbu reyting bilan taniş bölmaganlar uçun: Opta Power Rankings butun dunyo böylab erkaklar va ayollar futbolidagi 15 mingdan ortiq klubni ilğor statistik körsatkiçlar asosida baholaydi. Har bir jamoaga 0 dan 100 gaça bölgan global şkala böyiça ball beriladi. Bunda 0 — eng kuçsiz, 100 esa eng kuçli jamoani anglatadi.
Yuqoridagi jadvalda uçta asosiy körsatkiç keltirilgan:
- Çempionatning örtaça reytingi — musobaqadagi barça klublarning örtaça körsatkiçi.
- Eng yaxşi 10 ta klubning örtaça reytingi — har bir çempionatdagi reytingi eng yuqori bölgan 10 ta jamoaning örtaça körsatkiçi.
- Eng yaxşi 5 ta klubning örtaça reytingi — har bir çempionatdagi reytingi eng yuqori bölgan beşta jamoaning örtaça körsatkiçi.
Muayyan çempionatdagi barça klublarning örtaça reytingini hisoblaş orqali qaysi ligalarda yuqori saviyadagi jamoalar köproq jamlanganini aniqlaş mumkin. Bu esa çempionatning umumiy kuçini baholaşda muhim körsatkiç hisoblanadi.
"Bizning hikoyamiz hali tugamadi". Topuriya Getji bilan revansh o'tkazish niyati borligini bildirdi