
Uning fikricha, Getji keyingi raqibi kim bo'lishi borasidagi muzokaralarga tasir o'tkaza olmaydi.
"Getji kelajakka hech qanday tasir o'tkaza olmaydi. U hech narsani hal qilmaydi. Bu UFC va men o'rtamizdagi masala. Qanday qarorga kelmaylik, biz uchun qaysi variant maqul bo'lmasin, Jastin bunga ko'nishiga to'g'ri keladi. Jastin hech kim emas. Agar men Pimblett bilan jang qilsam, Jastin hatto chempion maqomida ham kechaning ikkinchi muhim jangini o'tkazishga majbur bo'ladi. Uning kimga qarshi jangi mening Peddiga qarshi jangimdan ko'ra ko'proq shov-shuvga sabab bo'lishi mumkin?" — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi Home of Fight akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.
"Bizning hikoyamiz hali tugamadi". Topuriya Getji bilan revansh o'tkazish niyati borligini bildirdi