
Yen Machado Gerri 5 dekabr kuni Saudiya Arabistoni Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida ukrainalik Yaroslav Amosovga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang yarimo'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Jangning o'tkazilishi haqida vaziyatga yaqin bo'lgan manbalar xabar berdi. Jangning rasman Las-Vegasda bugun UFC Fight Night 293 turnirida elon qilinishi kutilmoqda.
Yaroslav Amosov kecha navbatdagi jangi uchun shartnoma imzolaganini malum qilgan, biroq raqibi nomini oshkor etmagan. O'tgan yilning dekabr oyida UFC'da debyut qilgan sobiq Bellator chempioni tashkilotda ikkita jang o'tkazib, amerikalik Nil Magni va ispaniyalik Yoel Alvaresni bo'g'ish orqali mag'lub etgan.
Yen Machado Gerri esa avgust oyida Islam Maxachevga chempionlik jangida ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ayni paytda irlandiyalik va ukrainalik tashkilotning yarimo'rta vazn divizioni meta-reytingida tegishlicha ikkinchi va o'n uchinchi o'rinlarni egallab turishibdi.

"Bizning hikoyamiz hali tugamadi". Topuriya Getji bilan revansh o'tkazish niyati borligini bildirdi