
"Mashrabjonning vaznini o'zim nazorat qilmagandim. Uni bilardim, 81-82 kg vazn bilan yurardi. So'raganimda ham shu vazndaligini aytdi, tekshirmadim. Las-Vegasga borib, barcha tekshiruvlardan o'tdik. Lekin o'sha paytda taroziga chiqqanida vazni 86-87 kg chiqdi. Jang esa 70 kgga olingandi. 12 kg vazn tashladik.
Undan keyin juda og'ir ahvolga tushib qoldi ukam. Qo'llari, oyoqlari uyushib qoldi. Men ukamni umuman bunday og'ir ahvolda ko'rmagandim. O'sha paytdagi holatini ko'rib, UFC tugul, milliardlab pul bersa ham urishishini xohlamadim", dedi Ro'ziboev.
Toshkent Osiyo o'yinlariga saralash vazifasini bajaradigan qita birinchiligiga mezbonlik qiladi
Mirazizbek Mirzahalilov uch yillik tanaffusdan keyin yana professional boksda jang qiladi