SportUz.Tv

SHara "Qaroqchi" Bulletga raqib berildi

19.03.2026 12:18    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik o'rta vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustasi hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev bilan bir oqshomda jang o'tkazadi.

SHarabutdin Magomedov 27 iyun kuni Bokudagi UFC turnirida oktagonga qaytadi. Uning raqibi braziliyalik Mishel Pereyra bo'ladi. Bu haqda Braziliyaning AG Fight nashri xabar tarqatdi.

Ikkala sportchi ham avvalgi janglarida faoliyatlarini muvaffaqiyatli yo'nalishga qaytarishgan, yani mag'lubiyatdan keyin g'alaba qayd etishgan edi. Magomedov Maykl Peyjga yutqazganidan so'ng kanadalik Mark-Andre Barrioni hakamlarning yakdil qarori evaziga taslim etgandi. Pereyra esa uchta ketma-ket mag'lubiyatini Zakari Riz ustidan hakamlarning ayri qarori bilan qozongan g'alabasi hisobiga yopib ketgandi. 

Ayni paytda har ikki aralash yakkakurash ustasi ham UFC’ning o'rta vazn toifasidagi Top-15 reytingiga kirmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: