SportUz.Tv

Mirazizbek Mirzahalilov uch yillik tanaffusdan keyin yana professional boksda jang qiladi

19.03.2026 11:45    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Mirazizbek Mirzahalilov ringga qaytmoqda.

Hamyurtimiz 11 aprel kuni Farg'ona shahridagi "Samo" sport majmuasida Qirg'izistonning Alatoo Boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida chiqish qiladi.

Hozircha Mirazizbekga musobaqada kim raqiblik qilishi haqida xabar berilmagan.

Malumot uchun, 31 yoshli Mirzahalilov prof faoliyati davomida hozirgacha 4 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. U o'zining oxirgi jangini 2023 yilda o'tkazgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: