SportUz.Tv

Bokschilarimiz Jahon chempionati manziliga etib borishdi

02.09.2025 10:33    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

“Bank Arena” majmuasida o'tkaziladigan ushbu dunyo birinchiligida sayyoramizning 60 davlatidan kelgan jami 500 nafardan ziyod bokschi medallar uchun ringga ko'tariladi. Janglarning saralash va 1/4 final bosqichlari 4-10 sentyabr kunlari oralig'iga belgilangan. 12-13 sentyabr kunlari 1/2 final janglari o'tkazilsa, finallar 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Jahon chempionati favoritlaridan hisoblangan O'zbekiston terma jamoasi Angliyaning SHeffild  shahrida o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, jahon chempionati o'tkaziluvchi Liverpul shahriga etib bordi. 

Terma jamoa tarkibi:

-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev

-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (Jahon chempioni (2019), Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi)

-60 kg: Abdumalik Xalokov (Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi)

-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, jahon chempioni (2023)

-70 kg: SHavkatjon Boltaev

-75 kg: Fazliddin Erkinboev

-80 kg: Javohir Ummataliev

-85 kg: Akmaljon Isroilov

-90 kg: To'rabek Xabibullaev (Osiyo o'yinlari sovrindori, Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi)

+90 kg: Jahongir Zokirov  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: