
"Xudo xohlasa navbatdagi jangni iyul yoki avgust oyiga rejalashtiryapmiz. Jang Angliyada bo'lishi kerak. Raqib ham yaqinda aniq bo'ladi.
- Kubalik Frenk Sanchesni jangga chorladingiz, u tomondan qandaydir javob bo'ldimi?
- Biz promouter va menejerlarim bilan doim yaxshi janglarni so'rab kelganmiz. So'nggi jangimda ham angliyalik kuchli bokschini jangga chorlagandik. TOP-10 bokschisi edi. Ammo, u rozi bo'ldi va keyinchalik rad javobini berdi. Og'ir vaznda raqiblar rozi bo'lishi juda qiyin. Raqiblar ham kutilmaganda o'zgarib ketaveradi. Biz TOP-10 dan raqib so'rayapmiz. CHunki katta maqsadlarimiz bor. O'zbekistonga jahon chempionligi kamarini olib kelish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - dedi Bahodir Jalolov olamsport.com sayti jurnalisti Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda.
"Ko'rishguncha". UFC chempioni Ulberg Aleks Pereyra bilan jang qilish istagini bildirdi