
"Yaxshi gonorar bersa, Mayk Tayson bilan ham urishardik (kuladi). Mayk Tayson mening kumirim. Uni deb, boksga kirib kelganman. Lekin ko'rgazmali jang bo'lsa, u bilan jang qilib ko'rardim. Taysonni hurmat qilaman", deydi CHagaev.
Eslatib o'tamiz, CHagaev 2016 yilda faoliyatini yakunlagan edi. Uning hisobida WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempionlik kamari, Nikolay Valuev va Jon Ruiz ustidan qozonilgan tarixiy g'alabalari bor. SHuningdek, u Aleksandr Povetkin va Vladimir Klichko bilan ringni bo'lishib, ikkalasiga ham yutqazgandi.