SportUz.Tv

"Men faqat jang uchun chiqmayman". Batir Jukembaev SHohjahonga qarshi jang oldidan balandparvoz bayonot berdi

12.01.2026 17:54    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik bokschi Batir Jukembaev (24-1, 17 KO) SHohjaxon Ergashev (26-2, 23 KO)ga qarshi jang haqida fikr bildirdi.

Ushbu to'qnashuv 9 may kuni Toshkentdagi "Xumo Arena"da bo'lib o'tadi.

"Bu jang men uchun juda katta ahamiyatga ega. 9 may kuni Toshkentda men ringga faqat g'alaba uchun emas, balki faoliyatimning yangi sahifasini ochish uchun chiqaman. Muxlislar katta janglar va katta g'alabalarga qanchalik chanqoq ekanimni ko'rishadi. Bu jang haqiqatan ham "portlovchi" bo'ladi", — dedi Jukembaev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: