SportUz.Tv

"Ov qilaman. Uni tutib olishim kerak". Irji Proxazka - Ulbergga qarshi rejasi haqida gapirdi

04.03.2026 09:24    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni, chexiyalik Irji Proxazka yangi zelandiyalik Karlos Ulbergga qarshi bo'lajak rejasi bilan o'rtoqlashdi.

Ularning jangi UFC 327 turniri doirasida bo'lib o'tadi va unda yarimog'ir vazn toifasidagi UFC chempionlik kamari o'rtaga qo'yiladi.

"Men allaqachon Ulbergni qanday qilib “ovlashim” haqida o'ylayapman, chunki u bosimni yoqtirmaydi. Karlos uni taqib qilishlarini yoqtirmaydi. Men aynan uni tuta oladigan jangchi bo'lishim kerak. Uni boshqacha tarzda engib bo'lmaydi. U tezkor, yaxshi boks qila oladi, ko'p harakatlanadi va engil qadam tashlaydi. Karlos kurashni yoqtirmaydi, parterda bo'lishni ham xush ko'rmaydi — demak, bosim asosiy kalit. Yana bir bor aytaman — bosim", — dedi Proxazka.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: