
Ularning o'zaro jangi 9 may kuni Toshkentdagi "Humo Arena"da bo'lib o'tadi. SHohjaxonning aytishicha, u vatandoshlarini xursand qilish uchun bor kuchini ishga soladi.
"Men uchun Jukembaev bilan jang shaxsiy ahamiyatga ega. Biz ikki yil oldinoq ringda to'qnash kelishimiz kerak edi, ammo taqdir o'zgacha kechdi. Endi esa nihoyat o'sha lahza etib keldi. Ishoning, bu haqiqiy "feyerverk" bo'ladi. Muxlislar "portlovchi" oqshomga tayyor turishsin", — dedi Ergashev.