SportUz.Tv

Otdan zarba qabul qilib olgan SHohjahon Ergashev Batir Jukembaev bilan jangi bekor qilinishi haqidagi gap-so'zlarga jiddiy munosabat bildirdi

13.01.2026 14:18    


Rasmni yuklab olish

Kecha o'zbekistonlik professional bokschi SHohjahon Ergashevning ot minish paytida qoshi yorilgani aks etgan videolavha tarqalgandi.

SHundan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda Ergashevning qozog'istonlik Batir Jukembaev bilan bo'lajak jangi bekor bo'lishi haqida xabarlar tarqaldi. SHohjahonning o'zi vaziyatga oydindlik kiritdi.

"Men shunchaki shokdaman. Internertga kirsam, juda ko'pchilik qo'rqayapsan, endi jangni bekor qilasan, deb yozishibdi. Men jangni bekor qilmayman. Nega bekor qilishim kerak? SHartnomaga qo'l qo'yganman. Batir bilan aslida ikki yil oldin urishishimiz kerak edi. Uning o'zi jang qilmagan men bilan. Menga yaxshi gonorar to'lashyapti, nega bekor qilaman? Sizlar bilmaysizlar men nega amerikaliklar bilan sudlashganim, pichoq "eganim" yoki boshqa voqelarni. SHunchalik yutqazishimni xohlaysizlarmi? Nega meni bunchalik yomon ko'rasizlar", deya ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga murojaat qilgan Ergashev.

Malumot uchun, SHohjahon Ergashevning Batir Jukembaevga qarshi jangi 9 may kuni Toshkentda o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: