
"Adashmasam, o'tgan yilning o'rtalarida edi. Menga qarang, bizda shartnoma bo'yicha mingta yigit bor. Men ularning hammasiga ham yoqmayman, ularning hammasi ham menga yoqmaydi, shuning uchun bu mutlaqo normal holat", - dedi Uayt BigBoyTV YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar gap Adolf Gitlerni "o'z mamlakati uchun kurashgan yaxshi yigit" deb atab, janjal chiqargan Brays Mitchell haqida ketayotgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishdi. O'shanda Uayt jangchining bayonotini keskin qoralab, uni "eng ahmoqona va nodon safsata" deb atagandi.
