SportUz.Tv

Isroil Madrimov bo'lajak jangi oldidan nimalar dedi?

23.01.2026 18:42    


Rasmni yuklab olish

Super yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov yakshanba tongida ringga qaytadi.

U 25 yanvar tongida Las-Vegas shahridagi Fontainebleau majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida Dominikan Respublikasi vakili Luis Devid Salazarga qarshi bahs olib boradi.

"Alhamdulillah. Qaytganimdan xursandman. Oxirgi jangimdan keyin jarohatlar, tanamda muammolar paydo bo'lgandi. Lekin hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Jangga tayyorman. Raqibimga hurmatni saqlagan holda jangni qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. SHanba kuni yaxshi jang o'tkazamiz, degan umiddaman. Bu yilgi rejaralarim juda katta. Hozir bor etiborimni faqat shanba kuni bo'ladigan jangimga qaratganman. Keyin nima bo'lishini esa ko'ramiz. Men katta nomlar bilan jang qilishni va kamarlarni qo'lga kiritishni xohlayman", deydi Madrimov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: