SportUz.Tv

Saidyoqub Qahramonovning jangi rasman tasdiqlandi, raqib ham malum (POSTER)

19.02.2026 13:33    


Rasmni yuklab olish

27 mart kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida MMA bo'yicha ACA 201 turniri bo'lib o'tadi.

Avval xabar berganimizdek, musobaqada o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Saidyoqub Qahramonov ham ishtirok etadi.

Malum bo'lishicha, Qahramonovga turnir doirasida armanistonlik German Barsegyan raqiblik qiladi. Jang eng engil vazn toifasida (61 kg) tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, UFC cobiq jangchisi bo'lmish Qahramonov faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini 2025 yilning oktyabr oyida ACA 194 turniri doirasida misrlik Omar El Biliga qarshi o'tkazib, birinchi raundda muddatidan oldin g'alaba qozongan edi. 

German Barsegyan hisobida esa 9 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 1 ta durang mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: